Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Navxos qishlogʼi Madaniyat mahallasi Shodlik koʼcha 9-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 17-05-2023, 12:44

Savodxonlik muborak tadbiri

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 23-son umumiy o`rta ta`lim  maktabida 23.12.2022yilda 1-sinf o`quvchilarining "Savodxonlik" bayrami bo`lib o`tdi. Bunda 1-sinf o`quvchilari, ota-onalar, maktabimiz o`qituvchilari qatnashdi. Tadbirni maktab direktori M. Masharipov ochib berdi.                                       “ Savodxonlik  “ bayrami senariysi
 
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar,mehribon ota-onalar bugungi 1-sinf o’quvchilari ning “Savodxonlik bayrami” ga xush kelibsiz.Hozir tadbirimiz sababchilari 1 -sinf o’quvchilarini   musiqa sadolari ostida     davramizga  taklif qilamiz    
           Assalom ona yurt tonglar o’lkasi
          Ta’rif tafsifingni yo’q nihoyasi
          Senga bag’ishlanar muqaddas qo’shiq
          Bu o’zbek elining o’z madhiyasi
Aziz mehmonlar yana bir bora “Savodxonlik bayrami” ga xush kelibsiz deya , tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori M.MASHARIPOVGA beramiz.
Aziz bolajonlar bugun sizlar uchun eng quvonchli kun, chunki siz bugun kitoblarning to’ng’ichi bo’lgan ‘’ALIFBE’’ kitobini so’ngi varag’ini o’qib tugatdingiz.Endi ana shu olgan bilimlaringizni ota-onalaringizga va shu yerdagi ustozlarga namoyish qilsangiz.Sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan tabriklayman.
Bolalar Vatan ,ona yurt,bu so’zlar zamirida olam-olam ma’no bor.
Biz Vatanimizni tanimay turib biror narsa o’rganishimiz qiyin.
Qani bolalar bizning Vatanimiz qayer .Poytaxti –chi.Biz O’zbekistonni
qaysi viloyatida yashaymiz.    Barakalla bolajonlar!
Hozir o’quvchilar Davlat ramzlari va Vatan haqida she’rlar aytishadi..
Durdona,Anajon,Shodiya,Shahrizoda,Mirjahon,A’lohon,Afruza,
Durjonoy,Doniyor,Xudoshukur
Endi esa Yayra O’zbekiston qo’shig’iga raqsga tushishadi  
Endi esa o’quvchilarimiz ota-ona haqida yod  olgan she’rlarini aytishadi.
Zulayho, Go’zaloy, Gulira’no, Mustafo,Umidaxon, Aziza.
Buvijon qo’shig’iga raqsga tushadilar.
Navbatni ustoz haqidagi she’rlarga bersak.Zebiniso,Dilroz,Shabnamoy,
Bozorboy,Zuhra,,Sabohat,Shayda,Gulibonu,Muhammad,Jaloliddin. 
Binafsha   qo’shig’iga raqsga tushishadi.
Maktabga ilk qo’yganda qadam 
          Kim baxsh etgan ilmu ziyoni
Sizga hamroh va yaqin hamdam 
           Kim sizga keng ochgan dunyoni
O’quvchilar:Qadrdon Alifbe kitobi
Unday bo’lsa zo’r quvonch bilan
             Taklif etsak qadrdonimiz
Shodligimiz ko’raylik baham
           Axir udir dilda jonimiz
 
  Bilim bergan bizlarga                     Alifbejon kelaqol
   Jajji o’g’il qizlarga                        Olqishlaymiz quloq sol
Har bir so’zi asal bol
Alifbeni chaqirsak
Baravar qarsak chalsak                   
 
Men ,,A’’harfi bo’laman                       Men ,,A’’harfi bo’laman
Assalomu alaykum                                Asal shifo deydilar
Men ,,A’’harfiman o’rtoq                      Asal davo deydilar
Alifbo ham avvalo                                 Agar asal yesangiz
Mendan boshlanar har choq                  Aslo kasal bo’lmaysiz
 
Men ,,B’’harfi bo’laman                  Men ,,B’’harfi bo’laman
Bolalarga bosh bo’lar                        Bobolardan bizga meros o’y
Bizlarga sirdosh bo’lar                       O’qib bilim ol bolam
Bahrom,Barno,Botirni                        O’qiganni qilar hurmat
Yozganda yo’ldosh bo’lar                     Katta-kichik qari ham
 
Men ,,D’’harfi bo’laman                        Men ,,D’’harfi bo’laman
Dadajon men sizdek                              D man davrada doim
Elga xizmat qilaman                            Dono bo’ling ilohim
Hozircha sinfimizning                           Davron,Dilshod,Dilafro’z
A’lochisi bo’laman                                  Doim o’rtoq ham do’st
 
Men ,,E’’harfi bo’laman                            Men ,,E’’harfi bo’laman
E demang meni ko’rib                               Erkin qushman bilingiz
Ehtiyot bo’ling kulib                                  Parvozimning cheki yo’q
Ekranda Erkin akam                                Erkimiz berib qo’ygan
Ertak so’zlar chinakam                              Vatanimning cheki yo’q…….
 
Endi yangi kitob ona tili va o’qish savodxonligini chaqiramiz             
Bizning quvnoq davraga           Xush kelibsan marhabo
Endi O’ynasa yigit qo’shig’iga navbatni bersak.
     Endi esa matematikani davraga chaqirsak.
Hozir sonlarga navbat bersak
Endi chet tilidan o’rgangan bilimlarini namoyish qilishadi.Marhamat.
O’g’il bolalar Bu Vatan menimdir qo’shig’iga raqsga tushishadi.
Ertak asosida sahna ko’rinishi namoyish qilishadi.Marhamat.
Yulduzlarmiz qo’shig’i. Yangi kuylak qo’shig’i.Vatan qo’shig’i
Aziz o’quvchilar tadbirimiz  yangi   yil arafasida bo’layotgani  uchun 
Qorbobolar ham yo’lga chiqqandir. Shunday ekan Qorboboni davramizga taklif qilib ko’raylikchi yaqin atrofda bo’lsa balkim kelib qolar.Qani birgalikda Qorboboni chaqirib ko’ramiz.
QORBOBO, QORBOBO, QORBOBO
Qorbobo kelib yangi yil bilan tabriklab o‘quvchilarga sovg‘alar ulashadi. 
Badiiy qism:   Chol bilan bo‘ri ertagi sahna ko‘rinishi tarzida namoyish qilinadi. 
Ota-onaga so‘z navbati beriladi. 
Tadbirni yakunlash uchun maktab direktoriga so‘z navbati beriladi. 
 
 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Navxos qishlogʼi Madaniyat mahallasi Shodlik koʼcha 9-uy
  • +998 (97) 203-27-73
  • info@www.xonqa23-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili