Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Navxos qishlogʼi Madaniyat mahallasi Shodlik koʼcha 9-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 1-04-2023, 17:01

“Eng faol kitobxon” tadbiri

Xonqa tumani 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida “Eng faol kitobxon” tadbiri

Bayonnomasi

1.0.2023-yil                                                                           Madaniyat maxallasi

Yig’ilish raisi:23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori o’rinbosari:Z.Mavlonova

Kotibi: 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi kutubxonachisi M.Egamberdiyeva

Qatnashdilar: MMIBDO’,kutubxonachi,ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari 8 -11-sinf o’quvchilari.

Kun tartibi

23-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2023-yil 1-aprel kuni “Eng faol kitobxon ” tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari,targ’ibotchi kutubxonachi hamda 8-11-sinf o’quvchilari qatnashdilar. Tanlovda maktabimizning 8-11-sinf o’quvchilaridan faol kitobxon o’quvchilar qatnashdilar.O’quvchilar tomonidan  10-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Sevinchoy Odil Yoqubovning Matluba ,11-sinf o’quvchisi Rajabboyeva Maftuna Al-kimyogar, 9a-sinf o’quvhisi Abdullayeva Jumagul Chingiz Aytmatovning “Sohil bo’ylab oqayotgan”,9b-sinf o’quvchisi Komiljonova Gulzoda O’.Hoshimovning “Ikki karra – ikki besh”qissasi,8b-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Sevinchoy Dilfuza Ibragimova “Go’shanga alangasi”,9a-sinf o’quvchisi Abdullayeva Shahzoda “Alpomish” dostoni,9b-sinf o’quvchisi Karimova Durdona “Alpomish” dostoni, 11-sinf o’quvchisi Otabekova Dilnura O’.Hoshimovning ”Qalbiga quloq sol”,8b-sinf o’quvchisi Abdullayeva Onaxon  “Tomsoyerning boshidan kechirganlari”,8b-sinf o’quvchisi Sharifboyeva Dinora CH.Aytmatovning “Oq kema” qissasi,6a-sinf o’quvchisi Yo’ldasheva Farangiz “Mushuklar xotiralari”,asarlar haqida savol javob o’tkazildi va o’qigan badiiy kitoblari o’rganib chiqildi.Tanlov so’ngida  maktabda “Eng faol kitobxon o’quvchi”deb 11-sinf o’quvchisi Rajabboyeva Maftuna g’olib deb topildi va tuman turiga  tavsiya etildi.

Tadbir so’ngida ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Mavlonova  barcha faol ishtirok etgan o’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi va xech qachon o’qishdan to’xtamaslikni kitobdan yaxshiroq do’st yo’q ekanligini aytib o’tdi.

          

           MMIBDO’:    ______ Z.Mavlonova

           Kotibi:________ M.Egamberdiyeva

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Navxos qishlogʼi Madaniyat mahallasi Shodlik koʼcha 9-uy
  • +998 (97) 203-27-73
  • info@www.xonqa23-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili