- Maktab direktori Masharipov Marks Madrimovish
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiliadi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
- O‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
- O‘z vakolatlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
- Xalq talimi tegishli organlari ko‘rib chiqishi uchun moddiy texnika bazani mustahkamlash, o‘quv tarbiya ishlarini takomillashtirish malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalasi bo‘yicha takliflar kiritadi.
- Pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
- O‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sadullayeva To‘pajon
Boshqaradi:
- O’quv tarbiya jarayonini va ishtirokchilarini
Tashkil qiladi:
- Ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g’ri tashkil etish uchun o‘quv dasturlarining bajarilishi, darslarning va o‘quvchilar bilimlarining sifatini nazorat qilish ;
- O‘quvchilarni maktabga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot- tashviqot ishlarini tashkil etish;
- Dars jadvalini talab darajasida tuzish (fanlarning murakkabligi, sikliga alohida e’tibor qaratish) va darslarni dars jadvali asosida o‘tkazishni ta’minlash;
- Sinf jurnalini to‘g‘ri yuritilishini o‘z vaqtida to‘ldirilib borilishini nazorat qilib borish ;
- Barcha sinflar bo‘yicha o‘qituvchilar ish rejalari, yuklamalarini, davlat dasturi talablarini bajarilishini nazorat qilib borish;
- Uslubiy birlashmalarning ishiga rahbarlik qilish, o‘qituvchilarga uslubiy yordam berish;
- Darslar sifati va samaradorligini ta’minlash, choraklar kesimida monitoring olib borish, o‘quvchilar savodxonligini oshirish, yosh o‘qituvchilarga amaliy yordamlar ko‘rsatish;
- Tuman, viloyat, respublika miqyosida o‘tkaziladigan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi, oy, yil o‘qituvchisi kabi boshqa tadbirlarda maktabni ishtirokini ta’minlash, fan oyliklarini samarali o‘tkazish;
- O‘zlashtirish, davomat va o‘quvchilar harakati daftarini yuritib borishni nazorat qilish ;
- O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash bo‘yicha qilgan ishlarini nazorat qilish;
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar o‘tilishini nazorat qiladi
- A K T va internet orqali o‘qitishni ta’minlaydi .
- Maktab o‘qituvchi pedagoglarini ishga vaqtida kelish - ketish va lavozim vazifalarini bajarib borishlarini nazorat qilib borish ;
- Alfabit bo‘yicha o‘quvchilar hisobot kitobini yuritish
- O‘quvchilarning shaxsiy hujjatlarini shakllantirish
- Mikrouchastka ishlarini yuritish.
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Boshqaradi:
- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini va ishtirokchilarini
Tashkil qiladi:
- Ma’naviy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarib borish, o‘qituvchi, o‘quvchilar, sinf rahbarlari , mahalla qo‘mitasi a’zolari, ota-onalar qo‘mitasi a’zolari va ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish olib borish hamda nazorat qilish kabi masalalarni hal qilishga rahbarlik qiladi.
- Tarbiya ishlarini yuritishga javobgar hisoblanadi. Sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish ishlariga rahbarlik qilish;
- Tuman, viloyat, respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda maktabni ishtirokini ta’minlash;
- Maktabda o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda o‘qituvchilarga metodik yordam berish;
- O‘tkaziladigan tadbirlarda o‘quvchilarni tadbirkorligini oshirish va ularni ko‘proq ishtirokini ta’minlash
- Tarbiyaviy ishlarda barcha o‘qituvchilar jamoasi, bolalar va o‘smirlar ijodiy markazi, bolalar yetakchisi fuqarolar yig‘ini, ota-onalar qo‘mitasi a’zolarini jalb qilish, ularning muvofiqlashtirish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
- Tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishda jamoa a’zolariga yo‘llanma berish;
- Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;
- Maktab o‘quvchilarining faolligini oshirishda o‘zaro raqobatni vujudga keltirib ish yuritish;
- Maktab o‘quvchilarning davomati, o‘quv qurollari bilan kelishlarini nazoratini amalga oshirish
- Kutubxona ishlariga rahbarlik qilish. Badiy adabiyot bilan kutubxonani to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- Sayohatlar tashkil qilish. Shoirlar, san’atkorlar mashhur kishilar bilan uchrashuvlar uyushtirish;
- Ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda, ota-onalar yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazib borish;
- Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiya bilan hamkorlikda ishlar olib borish;
- Sinf rahbarlarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha olib borayotgan ishlarini ochiq darslarda o‘rganib chiqish va rag‘batlantirish;
- Maktab ichkarisi va atrofini ozodaligini saqlash, sinf xonalarini bezatilishi va talabga javob berishini, синфларга ажратилган ер майдонларини намунали бўлишини nazorat qilib borish.
- Karantin qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.
- Xo‘jalik ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosari va kassir vazifasini bajaruvchi Xudayberganov Bekchon
Boshqaradi:
- Xo‘jalik ishlar jarayonini va ishtirokchilarini
Tashkil qiladi:
- Inventarlar, ko‘rgazmali qurollar, saqlanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
- Fan va sinf xonalarining, hamda maktab tevarak atrofini ozodaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
- Maktab ishchi va xizmatchilarini o‘z vaqtida ishga kelish va xizmat vazifalarini bajarib borishlarini nazorat qilib borish ;
- Pedagog xodimlarga ko‘rsatiladigan komunal xizmatni ta’minlash; Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash ;
- Maktab mulkini ko‘z qorachig‘iday asrashni ta’minlash;
- Kassa va xo‘jalik ishlarini yuritilishini amalga oshirish;
5. Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari - Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari Roxmonov Baxrom
- Ta’lim muassasasida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash ishlarini tashkil qilish;
- harbiy va fuqaro muhofazasi ishlariga rahbarlik qilish
- tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash
- ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki ro‘yxatiga olingan, odob-ahloq qoidalariga rioya qilmayotgan o’quvchilar(o’g’il bolalar) va ularning ota-onalari bilan ishlash, o‘quvchilarni darsdan keyingi fan to‘garaklari va mashg‘ulotlarga uzluksiz jalb qilish
- O‘quvchilar ichki lineykalarini boshqarishni;
- Tadbirlarda tartibni va xavfsizlikni ta’minlashni;
- Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari faoliyatida ko‘maklashishni.
6. Psixolog Po‘latova Mahbuba
- Bolalarni 1- sinfga qabul qilish ishlarida o‘zining psixologik metodlari bilan ishtirok etish;
- O‘quvchilarni maktab sharoitiga moslashishini kuzatish va zarur ruhiy muhitini yuzaga keltirish ;
- Oquvchilar bilan kasblar haqida suhbatlar o‘tkazish va yo‘naltirish ishlarini tashkil qilish;
- O‘quvchilar bilan ommaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish;
- Notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir, sababsiz dars qoldiruvchi o’quvchilarni darslarga jalb qilish, ota – onasi vafot etgan o‘quvchilar bilan alohida ishlash;
- O‘quvchilarni psixologik hujjatlarni tayyorlash va to‘g‘ri yuritish ;
- Ota – onalar bilan suhbatlar uyushtirish;
- odob-ahloq qoidalariga rioya qilmayotgan o’quvchilar(qiz bolalar) va ularning ota-onalari bilan ishlash
- O‘qituvchilar o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini;
- Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari faoliyatida ko‘maklashish
7. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yo‘ldoshev Xurshid
- Pedagog xodimlarning ishlarini o‘rganib, kasaba uyushmasi yig‘ilishida muhokama qilib borish;
- Kommunal xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish ;
- Moddiy yordamga muhtoj o‘qituvchi va o‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
- Kasaba uyushma a’zolarining ariza va shikoyatlariga e’tibor bilan qarab, zarur bo‘lgan taqdirda maktab ma’muriyati oldiga tegishli talablar qo‘yish ;
- Pedagog xodimlarning huquqlarini himoya qilish, Pedagog xodimlarning yaxshi ishlashi va dam olishlari uchun zarur sharoit yaratish;
8. Kutubxonachi Ro‘zmetova Malohat
- sinf o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash;
- Mavjud darsliklar va kitoblarni saqlanishini nazorat qilish ;
- Kitobxonlar to‘garagini tashkil etish;
- O‘quvchilarni badiiy kitoblarni muntazam o‘qib borishi yuzasidan o‘quvchilar orasida tushuntirish ishlari olib borish;
- Uchrashuv, konferentsiya, she’rxonlik kechalarini tashkil etish;
9. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Abdullayeva Bahor
- Maktabda xotin- qizlar bilan olib boriladigan barcha ishlarga rahbarlik qiladi;
- Maktabda xotin – qiz pedagog va ishchi – xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni nazorat qilib borish;
- Qiz o‘quvchilarni o‘qish va davomatini, tartib – intizomini kuzatish, ular bilan muntazam suhbatlar uyushtirib borish;
- Maktabda “ Balli qizlar”, “Mohir qo‘llar “ kabi musoboqalarni tashkil etish ;
10. Kadrlar bo‘yicha menejer Boltayeva Sumbul
- Tashkil qiladi:
- Kadrlar xizmatini va xujjatlarni yuritish.
- Ijro intizomi yuritish.
- Maktab arxivini;
- Kirish va chiqish hujjatlari olib borish va kelgan hujjatlarni rasmiylashtirishni;
- Bo’sh ish orinlari to’g’risida bandlikka ko’maklashish markaziga oylik ma’lumot taqdim etish
11. Maktab targ’ibotchisi Sadullayeva Sevara
- Tashkil qiladi:
- Maktab pedagogik jamoasiga o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashda o‘quv sifatini oshirishda yordamni;
- O‘qish va ijtimoiy foydali mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishni;
- Sinf va maktabdan tashqari tadbirlar ishlab chiqish va o‘tkazishni;
- Bolalar va o‘smirlar tashkiloti ishini boshqarishni;
- Tuman, shahar tadbirlarida qatnashishni;
- Iqtidorli, o‘zlashtirishi past o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash.
Uslubiy birlashma rahbarlari:
- Boshqaradi:
- Fan boyicha uslub birlashma ishini;
- Fan bo‘yicha maktab olimpiada faoliyatini;
- Tashkil qiladi:
- Fanlar bo‘yicha metod birlashma ishlarini hozirgi zamon darajasi DTS asosida qo‘yilishi;
- metod birlashma a’zolari darslarini kuzatish va ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
- metod birlashma bo‘yicha pedagogik o‘qishlarini;
- Fan to‘garak ishlarini;
- Maktab fan olimpiadalarini;
- Fan bo‘yicha o‘quvchilarning eng yaxshi ishlari ko‘rgazmasi;
- Fan oyliklari;
- O‘quv rejalarining bajarilishi;
- Fan xonalarini zamon talabi asosida jihozlashni.
Fan xonasi mudirlari:
- Tashkil qiladi:
- Fan xonasining zamon talabida jihozlanishi;
- Ko‘rgazmali qurollar, didaktik qo‘llanmalar tayyorlashni;
Sport ishlariga javobgarlik
Yaqubov Otabek , To‘rayev Sardor, Masharipov Toxir
- Tashkil qiladi:
- Maktab jismoniy tarbiya ishlarini;
- Sport seksiya va to‘garaklarni;
- Maktab ichki va tashqi sport musobaqalari va bayramlari;
- Sport inventlarini saqlash;
- Ertalabki badan tarbiya mashqlarini;
- Sport zali va maydonning zamon talabi darajasida bo‘lishini.